Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, 2022-yilning yanvar-iyul oylarida O'zbekiston 25 ta xorijiy davlatdan yengil avtomobillar import qilingan.
Ma'lumotlarga ko'ra, import qilingan avtomobillarning asosiy qismi xitoy hisobiga to'g'ri keladi. U yerdan 7950 ta yengil avtomobil olib kelingan.
O'zbekiston 7 oyda yengil avtomobillarni eng ko'p import qilgan davlatlar:
- xitoy — 7950 ta;
- Koreya — 5658 ta;
- Qozog'iston — 3422 ta;
- Rossiya — 1283 ta;
- AQSh — 204 ta;
- BAA — 95 ta;
- Yaponiya — 78 ta;
- Germaniya — 53 ta;
Qayd etilishicha, 2022-yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 460,9 million AQSH dollariga teng bo‘lgan 18 821 ta yengil avtomobil import qilgan.
Yengil avtomobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 6750 taga oshgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling