Foto: Repost.uz
Xorazm viloyati Qoʻshkoʻpir tumanida masjid qurilishiga xayriya qilingan mablagʻlarni o'zlashtirgan imom-xatibga jinoyat ishi qoʻgʻatildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qoʻshkoʻpir tumanidagi “Islom bobo” jome masjidi imom-xatibi masjidning yangidan hashar yoʻli bilan qurilishi haqida ogʻzaki va ijtimoiy tarmoqlar orqali eʼlonlar tarqatgan. U xizmat mavqeidan foydalangan holda fuqarolardan 40 mln soʻmdan ortiq pul mablagʻlarini yigʻib, masjid qurilishiga ishlatmasdan oʻzining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatgan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻshkoʻpir tuman IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi “v” bandi jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling