Foto: EL PAIS
Ispaniya hukumati Ukrainani ogʻir qurollar bilan taʼminlashga tayyorlanmoqda. Bu haqda "EL PAIS" xabar bermoqda.
Unga koʻra, ushbu harbiy yordam paketiga Leopard A4 tanklari va qisqa masofali Shorad Aspide zenit-raketa komplekslari akkumulyatori kiradi.
Maʼlumotlarga koʻra, gap mamlakat shimoli-sharqidagi Saragosadagi harbiy bazada saqlanadigan tanklar haqida ketmoqda. Madrid 1995-yilda Ispaniyada Leopard ishlab chiqarish bo‘yicha shartnoma doirasida Germaniyadan 108 ta eskirgan tank olgan.
Taʼkidlanishicha, Ispaniya rasmiylari olingan mashinalarni qayta tiklash niyatida boʻlgan, biroq keyinchalik mablag‘ yo‘qligi sababli ularni omborda qoldirilgan. Manbalarga koʻra, Madrid 40 ta Leopard A4 tankini qayta tiklash va Ukrainaga o‘tkazish niyatida.
Shuningdek, Ispaniya Ukraina harbiylariga ushbu tanklarni boshqarishni oʻrgatadi, mashgʻulotlarning birinchi qismi Latviyada oʻtkazilishi rejalashtirilgan. U yerda 500 nafar ispaniyalik harbiy xizmatchilardan j krat kontingent 6 ta Leopard 2E tanki bilan joylashtirilgan. Tayyorgarlikning ikkinchi bosqichi esa Ispaniyadagi mashgʻulotlarni oʻz ichiga oladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling