Foto: Meteovesti.ru
Serbiya poytaxti Belgradda havoning ifloslanishi eng yuqori pallaga chiqdi. Bu haqda "TACC" xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, Serbiya laboratoriyalari Belgrad havosidagi mayda PM2.5 zarralari miqdori meʼyordan bir necha baravar oshib ketganini aniqlagan.
Qayd etilishicha, bu inson salomatligi uchun xavflidir. Ayniqsa, astma kabi kasallik chalingan insonlarning nafas olishi qiyinlashadi.
Xabarga koʻra, Belgrad dunyoning eng ifloslangan shaharlari orasida birinchi oʻrinni egallab turibdi. Mutaxassislarning fikriga koʻra, havo sifatining yomonlashishiga nam ob-havo sabab boʻlib, u havoda zararli moddalarning koʻpayishiga xizmat qilmoqda.
Maʼlumot uchun, 2021-yilda Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich rasmiylar mamlakatdagi havo ifloslanishi muammosini 7 yil ichida hal qilishini, 2030-yilga borib esa respublika ekologik muammolarni hal qilish uchun 5 milliard yevro ajratishini aytgan edi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling