Foto: Tez News
Maktab o‘quvchilari uchun kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, maktablarda birinchi chorakning so'nggi kuni 3-noyabrga, kuzi ta'tilning ilk kuni esa 4-noyabrga to'g'ri keladi. Xabarga ko'ra, o'quvchilarning ta'til kunlari olti kun yani 9-noyabrga qadar davom etadi.
O'z o'rnida 10-noyabrdan ikkinchi chorak darslari boshlanadi.
Ma'lumot uchun, o'quv yili davomidagi ta'tillarning muddatlari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Umumiy o'rta ta'lim to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qaroriga asosan belgilanadi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling