JCH-2022. Fransiya Polshani magʻlub etdi va chorak finalga yoʻl oldi

Uchrashuvda Kilian Mbappe dubl qayd etdi

Foto: The Telegraph

Foto: The Telegraph

JCH-2022ning 1/8 finalidan oʻrin olgan Fransiya - Polsha uchrashuvi yakunlandi.

Oʻyinda Fransiya 3:1 hisobida gʻalaba qozondi va chorak finalga yoʻl oldi. Fransuzlarning chorak finaldagi raqibi Angliya - Senegal uchrashuvidan soʻng aniq boʻladi.

Fransiya - Polsha 3:1

4-dekabr, 20.00, “al-Tumama stadioni”

Gollar: Jiru 44, Mbappe 74, 90 - Levandovski 90+9.

Fransiya – Lyoris, Kunde, Varan, Upamekano, Ernandes, Disasi, Rabyo, Tchuameni (Fofana, 66), Jiru (Tyuram, 76), Grizmann, Dembele (Koman, 76), Mbappe.

Polsha – Shchensnы, Kesh, Glik, Kiver (Bednarek, 87), Bereshinski, Kaminski (Zalevski, 71), Frankovski (Grosiski, 87), Krыxovyak (Belik, 71), Zelinski, Shimanski (Milik, 64), Levandovski.

Ogohlantirishlar: Tchuameni (31), Bereshinski (47), Kesh (88).

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar