Foto: Milliy olimpiya qo'mitasi matbuot xizmati
Quvaytda yengil atletika bo‘yicha o‘tkazilgan 18 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik Nodir Norboyev va Barnoxon Sayfullayeva oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Norboyev ko‘pkurashda, Sayfullayeva balandlikka sakrashda eng yaxshi natijani ko‘rsatgan.
Yigitlar, ko'pkurashda:
Nodir Norboyev (O‘zbekiston) – oltin medal;
Sino Afshinar (Eron) – kumush medal;
Sajjad Al-Alxazoli (Saudiya Arabistoni) – bronza medali.
Qizlar, balandlikka sakrash bo'yicha:
Barnoxon Sayfullaeva (O‘zbekiston) – oltin medal;
Alina Chistyakova (Qozog'iston) - kumush medal;
An Bu Ti (Vetnam) - bronza medali.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling