O'zbekiston terma jamoasi shaxmat Olimpiadasi g'olibiga aylandi

Ushbu g'alaba O'zbekiston tarixida birinchi marta shaxmat olimpiadasi medalini olib keldi

Foto: Sputnik O'zbekiston<br>

Foto: Sputnik O'zbekiston


Hindistonning Chennay shahrida 9-avgust kuni bo'lib oʻtgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasining so'nggi 11-turida O'zbekiston terma jamoasi olimpiada chempioni bo‘ldi. Bu haqda "Yoshlar ishlari agentligi" xabar berdi.

O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi hal qiluvchi turda Niderlandiyaga qarshi bahs olib bordi.

Jahongir Vohidov o‘z partiyasini g‘alaba bilan yakunladi. Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yoqubboyev va Javohir Sindorov esa durang qayd etdi. O‘zbekiston 2,5:1,5 hisobida g‘alaba qozondi.

Ushbu g'alaba orqali O'zbekiston erkaklar terma jamoasi oltin medal bilan taqdirlandi va ilk bor O'zbekiston tarixida birinchi marta shaxmat olimpiadasi medalini qo'lga kiritdi.

Ta'kidlash kerakki, O‘zbekiston terma jamoasi ushbu olimpiada davomida biror marta ham mag'lubiyatga uchramagan yagona jamoa bo'ldi.

O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi shaxmat Olimpiadasida Nepal (4:0), Farer orollari (4:0), Sloveniya (3:1), Slovakiya (4:0), Peru (4:0), Germaniya (2,5:1,5), Armaniston (3:1) termalarini yutgan bo‘lsa, AQSH, Hindiston va Hindiston-2 bilan durang (2:2) natijalarni qayd etdi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling