Foto: Gazeta.uz
O'zbekiston delegatsiyasi V islom birdamligi o'yinlarida umumjamoa hisobida 2-o'rinni egalladi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Turkiyaning Konya shahrida o'tkazilgan V Islom birdamlik o'yinlari 18-avgust kuni o'z nihoyasiga yetdi. Musobaqaning yakuniy natijalariga ko'ra, O'zbekiston delegatsiyasi umumjamoa hisobida 2-o'rinni egalladi.
Mazkur musobaqada o'zbekistonlik sportchilar 51 ta oltin, 42 ta kumush, 65 ta bronza, jami 158 ta medalni qoʻlga kiritdi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling