Foto: fokus
NASA 6-sentabr kuni Yer yonidan tovushdan tez harakatlanadigan asteroid uchib oʻtishini maʼlum qildi.
Astronomlarning taʼkidlashicha, u oʻqdan oʻn barobar tezroq.
Olimlar samoviy jismga “2022 QC7” deb nom berishdi. Uning kengligi 36 metr, bu Boeing-767 qanotlarining yarmiga teng.
“2022 QC7” asteroidi sayyoramizga soatiga 32 760 km tezlikda, yaʼni tovush tezligidan taxminan 27 marta tez yaqinlashmoqda.
Koinot agentligi maʼlumotlariga koʻra, kosmik jismning Yer bilan toʻqnashuvi yuz bermaydi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling