Saturn yo'ldoshida hayot elementlari topildi

Yangi yo'ldoshda hayot uchun muhim bo'lgan beshta element topilgan

Foto: Xinhua<br>

Foto: Xinhua

Xalqaro tadqiqotchilar guruhi Saturnning yo‘ldoshlaridan biri Enseladda hayot ehtimoli borligi haqida dalillar topdi. Bu haqda Xinhua nashri xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Saturn atrofida kashf etilgan ikkinchi yo'ldosh Enselad muz osti okeanida qalin muz qobig'iga ega bo'lib, unda uglerod, vodorod, azot, kislorod, va oltingugurt kabi hayotning beshta muhim elementlari topilgan.

Biroq, fosfor elementi hali topilmagan, lekin, tadqiqotchilar muz qatlami bilan qoplangan Enselad okeanida biologik hayot uchun zarur bo'lgan erigan fosfor bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishgan.

Fosfor inson va hayvonlarda suyaklar, hujayra membranalari va DNKning muhim tarkibiy qismidir. Avvalroq olimlar yo‘ldoshda vodorod, azot, kislorod va oltingugurtni, ya’ni hayot paydo bo‘lishi uchun muhim elementlarni topgan edi. Ammo fosfor yetishmasligi tufayli Enselad hayot uchun yaroqsiz deb hisoblangan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling