Foto: РИА Новости
AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Ukrainadagi mojaro avj olganidan keyin Tayvan atrofida keskinlashuv kuzatilishi sababli uchinchi jahon urushi boshlanishi mumkinligidan ogohlantirdi. Bu haqda "РИА Новости" xabar bermoqda.
"Biz uchinchi jahon urushi yoqasida boʻlishimiz mumkin, chunki bizni qobiliyatsiz odamlar boshqarmoqda. Va bu urush tarixdagi boshqa urushlardan ham daxshatliroq boʻladi. Chunki bizda misliko'rilmagan qurollar mavjud", – deydi siyosatchi Texasdagi konservatorlar bilan boʻlgan suhbatda.
Trampning taʼkidlashicha, uning prezidentligi davrida Ukrainadagi mojaro Amerikaning amaldagi hukumati davrida boʻlgani kabi jiddiy tus olmasdi. Shuningdek, Tayvan atrofidagi keskinlashuv ham yuz bermagan boʻlardi.
Avvalroq BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish dunyo sovuq urush davridan beri kuzatilmagan yadroviy xavf-xatarga duch kelayotganini taʼkidlagandi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling