Foto: FVV
Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida Isuzu avtobusida gaz balloni portlab ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
FVV xabar berishicha, hodisa 18-avgust kuni taxminan soat 14:30 larda yoqilg‘i quyish shaxobchalaridan birida sodir bo‘lgan. Xorazm viloyatining Bog‘ot tumanidagi avtomaktabga tegishli “Isuzu” rusumli avtobusga metan quyish chog‘ida gaz balloni portlab ketgan.
Portlash oqibatida olti kishi halok bo‘lgan, 15 nafar fuqaro esa jarohatlandi. Voqea joyida politsiya va tibbiyot xodimlari ishlamoqda.
Voqea yuzasidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling