Foto: Repostuz
19-avgust kuni kechasi Toshkent shahridagi ayrim markaziy ko'chalar avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, 19-avgust kuni Turkiyada bo'lib o'tgan V Islom birdamligi o'yinlarida ishtirok etgan O'zbekiston delegatsiyasini kutib olish maqsadida soat 18:00 dan 23:00 gacha bo'lgan vaqtda poytaxtining bir necha ko'chalari avtomobillar harakati uchun yopiladi.
Foto: Toshkent shahar hokimligi
Bular:
- Toshkent xalqaro aeraportidan Qumariq va Sodiqjon Tolipov ko'chalari bo'ylab Nukus ko'chasigacha;
- Nukus ko'chasidan uning Oybek ko'chasi bilan kesishmasigacha;
- Oybek va Afrosiyob ko'chalaridan Afrosiyob ko'chasining Sharof Rashidov ko'chasi bilan kesishmasigacha;
- Sharof Rashidov ko'chasi bo'ylab uning Navoiy shoh ko'chasi bilan kesishmasigacha;
- Navoiy shoh ko'chasi bo'ylab uning Amir Temur shoh ko'chasi bilan kesishmasigacha;
- Amir Temur shoh ko'chasi bo'ylab uning Islom Karimov ko'chasi bilan kesishmasigacha;
- Islom Karimov ko'chasi bo'ylab uning Botir Zokirov ko'chasi bilan kesishmasigacha;
- Botir Zokirov ko'chasidan Paxtakor ko'chasi 79-uygacha.