O'ziga yangi klub topgan Ronaldu, hech kimga "vizov" tashlashni xohlamayotgan Bahodir Jalolov, uyiga o'g'ri tushgan Sterling, Messi va Ronalduni ortda qoldirgan Mbappe — kunlik sport dayjesti

Ushbu materialda eng muhim kunlik sport xabarlari bilan tanishib borishingiz mumkin

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Repost.uz nashri O'zbekiston va dunyo bo'yicha eng qiziq sport xabarlarini qisqa va tushunarli ko'rinishda bir joyga jamladi.

Ronaldu Saudiya Arabistoni klubida oʻynaydi — Marca

Foto: Open source

Foto: Open source

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatini qaysi klubda davom ettirishi maʼlum boʻldi.

Oldinroq, Portugaliya – Urugvay uchrashuvidan keyin portugaliyaliklar sardori Krishtianu Ronaldu oldiga ikki nafar yurist kelgani, yuristlar qaysidir klubdan shartnoma bilan kelgani va futbolchi u bilan tanishib chiqqani va bu katta ehtimol bilan Saudiya Arabistonining “Al Nassr” klubiga tegishli bitimligi aytilgan edi.

Marca bergan maʼlumotlarga koʻra, Ronaldu “Al-Nassr” bilan 2 yillik bitimga imzo chekkan. Yillik maosh esa 200 mln. yevroni tashkil qiladi. Shunday qilib, Krishtianu 1-yanvardan Saudiya Arabistoni klubi sharafini himoya qiladi.

Maʼlumot uchun, “Al Nassr” klubi safida oʻzbekistonlik Jaloliddin Masharipov ham bor.

"Men hech kimga "vizov" tashlamoqchi emasman" - Bahodir Jalolov

Foto: Open source

Foto: Open source

Bahodir Jalolov hech kimni jangga chorlamoqchi emas.

“Men hech kimga "vizov" tashlamoqchi emasman. Biz bunday tarbiyalanmaganmiz, ota-onamiz ham bizga bunday oʻrgatishmaydi. Shuning uchun boksda reytinglar bor va agar kimdir men bilan jang qilmoqchi boʻlsa, mayli, agar men bilan jang qilishni istamasa ham mayli. Men hech kimni jangga chaqirmayman yoki hech kimga hurmatsizlik qilmayman. Biz bunday tarbiyalanmaganmiz”, - dedi Jalolov xorij nashriga bergan intervyusida.

Sterlingning uyiga qurollangan bosqinchilar oʻgʻrilikka kirdi. U terma bazasini tark etdi

Foto: Sport-express

Foto: Sport-express

Rahim Sterling koʻngilsiz hodisa tufayli Britaniyaga qaytishga majbur boʻldi.

“Sterling joriy mundialda yana oʻynaydimi yoki yoʻq, buni bilmayman. Unga oilasi bilan hammasi joyidaligini bilishi uchun vaqt kerak va Rahimga hech qanday bosim oʻtkazmoqchi emasman. Baʼzida futboldan ham muhimroq narsalar bor, oila birinchi oʻrinda turishi kerak. Hozirda uning uchun eng asosiysi oilasi yonida boʻlishdir. Uni qoʻllab-quvvatlaymiz va qancha kerak boʻlsa, shuncha vaqt beramiz. Ha, u uyga qaytmoqda”, degan Sautgeyt.

Sterling Qatarda boʻlgan vaqtda Londondagi uyiga qurolli bosqinchilar kirib, qimmatbaho buyumlarni olib chiqib ketishgan.

23 yoshli Mbappe JCHdagi gollar boʻyicha Messi, Badjo, Vilya, Eysebio kabi futbolchilar bilan tenglashdi, Ronaldudan o'tib ketdi

Foto: Marca

Foto: Marca

JCH-2022 nimchorak finalida Fransiya TJ Kilian Mbappening dubli (+pas) evaziga Polshani (3:1) yengib, chorak finalga yoʻl oldi.

23 yoshli Mbappe musobaqadagi 11-oʻyinida 8 hamda 9-gollarini urishga erishdi. U mundial tarixidagi eng yaxshi toʻpurarlar roʻyxatida 14-24-oʻrindagi futbolchilarga yetib oldi. Fransuz oʻzi uchun 2-jahon chempionatida qatnashmoqda.

Mundiallar tarixida eng koʻp toʻp kiritgan oʻyinchilar:

  • Miroslav Kloze (Germaniya) – 16 ta;
  • Ronaldo (Braziliya) – 15;
  • Gerd Myuller (Germaniya) – 14 ta;
  • Jyust Fonten (Fransiya) – 13;
  • Pele (Braziliya) – 12;
  • Shandor Kochish (Vengriya) va Yurgen Klinsman (Germaniya) – 11 tadan;
  • Xelmut Ran (Germaniya), Gari Lineker (Angliya), Gabriel Batistuta (Argentina), Teofilo Kubilyas (Peru), Tomas Myuller (Germaniya), Gjegoj Lyato (Polsha) – 10 tadan;
  • Kilian Mbappe (Fransiya), Lionel Messi (Argentina), Ademir (Braziliya), Eysebio (Portugaliya), Kristian Vyeri (Italiya), Vava (Braziliya), David Vilya (Ispaniya), Paolo Rossi (Italiya), Jairzinyo (Braziliya), Roberto Badjo (Italiya), Karl-Xayns Rummenigge (Germaniya), Uve Zeyeler (Germaniya) – 9 tadan.

Floyd Meyvezer NBA jamoasini 2 milliard dollarga sotib olmoqchi

Foto: Newsweek

Foto: Newsweek

Besh vazn toifasida sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer NBA jamoasini sotib olmoqchi yoki tashkil etmoqchiligini maʼlum qildi.

“Men NBA jamoasiga ega boʻlmoqchiman. Bu oson boʻlmaydi, biroq biz toʻgʻri yoʻldan ketmoqdamiz. Biz Vegas yoki Siyetlda jamoa tashkil etishni reja qilmoqdamiz. Balki tayyor NBA jamoasini sotib olarman. Biz allaqachon bitta jamoaga 2 milliard dollar taklif qildik”,-deb fikr bildirdi Floyd Meyvezer .

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar