O'zbekistonda yil boshidan beri 5,5 mlrd so'mlik pirotexnika vositalarining noqonuniy muomalasi to'xtatilgan

Ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 62 foizga oshgan

Foto: Open source

Foto: Open source

Bu yil Qariyb 5,5 mlrd soʻmlik 7 mln 435 mingta pirotexnika vositalari noqonuniy muomaladan olib qoʻyildi. Bu haqda Bojxona Qoʻmitasi matbuot xizmati rahbari Husan Tangriyev maʼlum qildi.

16-dekabr holatiga koʻra, yil boshidan pirotexnika buyumlarining noqonuniy muomalasiga doir 123 ta bojxona qonunbuzilishi holatlari aniqlangan.

Natijada, qiymati salkam 5,5 mlrd soʻmlik 7 mln 435 ming donadan ziyod pirotexnika vositalari noqonuniy muomaladan olib qoʻyilgan. Mazkur koʻrsatkich yaʼni olib qoʻyilgan pirotexnika buyumlarining miqdori oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 62 foizga oshgan.

Jumladan, Fargʻonada 2 mln 137 ming dona, Toshkent shahrida 1 mln 514 ming dona, Qashqadaryoda 920 ming dona, Sirdaryoda 825,9 ming dona, Surxondaryoda 791,3 ming dona, Andijonda 519 ming dona pirotexnika buyumlarining noqonuniy aylanmasi oldi olingan.

Aniqlangan bojxona qonunbuzilishlarining 24 tasi boʻyicha jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan, shuningdek hozirgi kunda bojxona organlari surishtiruvchilari tomonidan 30 ta holat boʻyicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling