Alla Pugachyova o'zini xorijiy agentlar safiga qo'shishlarini so'radi

Qo'shiqchi Instagram sahifasi orqali Rossiya Adliya vazirligiga murojaat yo'llagan

Foto: Republik.ru<br>

Foto: Republik.ru

Rus estradasining qirolichasi sanalgan Alla Pugachyova o'zining Instagram sahifasi orqali Rossiya Adliya vazirligiga murojaat yo'lladi.

"Rossiya Federatsiyasi Adliya vazirligiga murojaatim. Meni sevimli mamlakatimdagi xorijiy agentlar qatoriga kiritishingizni so‘rayman. Sababi men halol, vijdonli va samimiy inson bo‘lgan erim bilan hamfikrman. Erim Rossiyaning haqiqiy vatanparvari, u osoyishta hayot, so‘z erkinligi va vatan farovonligi tarafdori. U mamlakatimizni chegaralab qo‘ygan, fuqarolarimiz hayotini og‘irlashtirayotgan va yigitlarimizning xayoliy maqsadlar yo‘lida nobud bo‘layotganiga chek qo‘yilishini istaydi”, — deydi qo'shiqchi.

Shuningdek, u turmush o'rtog'i bilan hamfikrligi, rossiyalik yigitlar esa xayoliy maqsadlar yo'lida qurbon bo'layotganini ta'kidlagan.

Ma'lumot uchun, 16-sentyabr kuni teleboshlovchi va so'z ustasi Maksim Galkin Rossiyaning Adliya vazirligi tomonidan Ukraina moliyalashtiruvchi xorijiy agent deb topilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling