“Lokomotiv” klubi va jamoa sardori Kaxi Maxaradze goʻyoki kelishilgan oʻyinlarda ishtirok etgani iddao qilingan. Bu haqda "Championat Asia" xabar berdi.
Ma'lum bo'lishicha, futbol sohasiga aloqador barcha tashkilot va shaxslarning pochtasiga bir xat kelib tushgan.
Qayd etilishicha, oʻzini 188bet bukmeykerlik kompaniyasi inspektori deb tanishtirgan shaxs “Lokomotiv” klubi futbolchilarining kelishilgan oʻyinlarda qatnashganini iddao qilgan. Ushbu xatda “Lokomotiv” futbolchisi Kaxi Maxaradzening kelishilgan oʻyinlarda qatnashgani borasidagi dalillar qoʻshimcha qilingan.
Xatda quyidagicha yozilgan:
“Men Osiyodagi bukmeykerlik kompaniyasining 188bet rasmiy oʻyinlar inspektoriman. Kompaniyamiz tekshiruvlaridan soʻng, oʻzbek futbolidagi eng katta muammoni aniqladim (”Lokomotiv“ klubi kelishilgan oʻyinlarda qatnashgan). Bu 100% aniq maʼlumot.
Biz ushbu holat boʻyicha barcha dalillarni olamiz. Marhamat tekshiring:
1. 10 avgust, 2022 yil. AGMK - ”Lokomotiv“ uchrashuvi.
2. 17 iyun, 2022 yil. ”Lokomotiv“ - ”Soʻgʻdiyona“ uchrashuvi.
3. Pul tikilayotgan vaziyat suratlari
4. Oʻyinchining pul tikayotgan videosi.
5. Barcha qatnashuvchilarning video yozuvlari.
100% muammo ”Lokomotiv“ klubida. Oʻyinchilar va oʻrtakashlardan olingan soʻrovlar natijasida har bir klubdan beshtadan oʻyinchi kelishilgan oʻyinlarda qatnashgani maʼlum boʻladi. Biz soʻnggi tekshiruvlardan soʻng ushbu holatdagi barcha tranzaksion yozuvlar, guruhdagi yozuvlar, suratlar, oʻyinchilar qancha miqdorda pul tikkanlari haqidagi maʼlumotlarni olishga muvaffaq boʻldik. Bundan tashqari oʻsha kelishilgan oʻyinlar payti yuz bergan gʻayritabiiy pul tikishlarni ham aniqladik. Gʻayritabiiy pul tikishlar aniqlanganda bukmeykerlik kompaniyalari ushbu oʻyinni bloklaydi va pul tikayotganlarni jiddiy ogohlantiradi.
Biz bundanda koʻproq dalillarni FIFA uchun toʻplaymiz. Bundan tashqari, Oʻzbekiston hukumati, amaldorlar, jurnalistlar, politsiya, oʻyinchilar, klub prezidentlari va murabbiylarni ushbu holatni oʻrganishga chaqirib qolamiz. Bizning kompaniya bu holatni butun dunyoga namoyish qiladi. Biz Oʻzbekiston hukumatiga ham bu xatni joʻnatamiz”.
Shu bilan birga, xat muallifi haqiqatdan ham kelishilgan oʻyin boʻlganini isbotlovchi bir necha suratlarni dalil sifatida joʻnatgan:
1-surat. Ushbu skrinshotda Kaxi Maxaradzeni ikki kishi bilan videoqoʻngʻiroq orqali suhbatlashayotganini koʻrishingiz mumkin:
Foto: championat asia
Shuningdek, xat yuborgan shaxslar futbolchining muloqoti aks etgan bir nechta "screenshot"larni ham keltirgan.
Yuqoridagi xat muallifi tilga olgan oʻyinlarga nazar solinsa, rostdan ham shubhali holatga koʻzimiz tushishi mumkin.
Buni qarangki, 17-iyun kuni oʻtkazilgan “Lokomotiv” - “Soʻgʻdiyona” (0:1) oʻyinining 53-daqiqasida Kaxi Maxaradze Shohruz Norxonovning oyogʻini ataylab bosib oladi va juda gʻayritabiiy tarzda qizil kartochka oladi. Qiziq tomoni, yuqoridagi yozishmalarda E K ismli shaxs tanaffusdan sakkiz daqiqa oʻtib yigitlar ishga kirishganlarini maʼlum qilgan, yaʼni 53-daqiqada.
Ikkinchi oʻyinda esa “Lokomotiv” - AGMKga 4:0 hisobida magʻlub boʻladi.
Shuni qayd etish joizki, ushbu xat futbol ommasidagi juda koʻp tashkilotlar joʻnatilgan. Jumladan OʻzPFL, OʻFA, “Lokomotiv”, AGMK, “Soʻgʻdiyona” klublariga ushbu xat joʻnatilgan. Xattoki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmatiga ham bu xat joʻnatilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling