Ukrainadagi urush O'zbekiston tashqi siyosatiga ta'sir qilmaydi — prezident matbuot kotibi

Uning aytishicha, Yevropa Ittifoqi bizning asosiy siyosiy va iqtisodiy hamkorlarimizdan biridir

Foto: Yuz.uz<br>

Foto: Yuz.uz

Ukrainadagi urush Oʻzbekistonning tashqi siyosatiga taʼsir qilmaydi, chunki u milliy manfaatlar bilan belgilanadi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qildi deya xabar bermoqda “TASS”.

Qayd etilishicha, jurnalistlar Asadovga Ukrainadagi harbiy harakatlar fonida Oʻzbekiston va Fransiya va Yevropa Ittifoqining boshqa davlatlari oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirish ehtimoli haqida soʻrashgan.

“Oʻzbekistonning tashqi siyosiy kun tartibi mamlakatimiz manfaatlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. Bu hech qanday geosiyosiy voqealar yoki geosiyosiy konyunkturaga bogʻliq emas”, — deb javob bergan u.

Davlat rahbari matbuot kotibining aniqlik kiritishicha, Oʻzbekiston tashqi siyosati kun tartibini shakllantirishga hech bir davlat taʼsir koʻrsatmaydi.

”Yevropa Ittifoqi bizning asosiy siyosiy va iqtisodiy hamkorlarimizdan biridir. Har ikki tomon manfaatlari yoʻlida faol hamkorlikni qoʻllab-quvvatlash har ikki tomon manfaatlariga mos keladi”, — deya xulosa qildi Asadov.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling