Toshkentda “Spark” va “Lacetti” ishtirokida YTH sodir bo'ldi

Hodisa natijasida ikki kishi halok bo'lgan

Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati

Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati

Toshkent shahrining Mirobod tumanida sodir bo'lgan yo'l-transport hodisasi oqibatida ikki kishi halok bo'ldi, deb xabar berdi poytaxt IIBB axborot xizmati.

Ma'lum bo'lishicha, 7-avgust kuni soat 20:30 larda Farg'ona yo'li ko'chasi va Badaxshon ko'chasi chorrahasida  ikkita transport vositasi ishtirokida yo'l-transport hodisasi sodir bo'lgan. “Spark” hamda “Lacetti” rusumli avtomobil o'zaro to'qnashgan. Hozirda YTH sabablari aniqlashtirilmoqda.

To'qnashuv natijasida “Spark” avtomobilidagi 2 nafar yo'lovchi va “Lacetti” rusumli avtomobil haydovchisi tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan. “Spark” avtomobili haydovchisi va 63 yoshli "Spark" avtomobilidagi yo'lovchi olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan.

Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati

Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, muayyan huquqdan mahrum qilib, 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling