Foto: Videodan lavha
Xitoyda joylashgan dunyodagi eng yirik iPhone zavodi ishchilari COVID-19 epidemiyasi tufayli ommaviy qochish uyushtirishdi. Bu haqda DW xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ishchilarning bir qismi oktyabr oyi oʻrtalarida kasal boʻlib, hech qanday davolanmagan. Shu munosabat bilan Foxconn rahbariyati Chjenchjoudagi zavodda sanitariya cheklovlarini joriy qilgan.
Xodimlarga zavod hududida ovqatlanish, kampus atrofida harakatlanish taqiqlangan va himoya niqoblarini kiyish talab qilingan. Xavfli vaziyat va ish sharoitlari tufayli norozilikni keltirib chiqargan.
Xodimlar virus tarqalishi sababli Foxconn kampusini tark etib, oʻz uylariga piyoda qaytgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling