Foto: BBC
Pasxa orolida sodir bo'lgan yong‘inda bir nechta moay (monolitik haykallar) zarar ko‘rdi. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, yong‘in 4-oktyabr kuni boshlangan va 24 soat ichida nazorat ostiga olingan.
Ma'lum qilinishicha, yong‘in Rapa Nui milliy bog‘ining 60 gektarga yaqin maydonini yo‘q qilgan. Bundan tashqari, u ko'plab moaylar joylashgan hududni qamrab olgan.
Hozirda mutaxassislar guruhi diagnostika jarayonini olib bormoqda. Diagnostika jarayoni hali yakunlanmagani bois, jabrlangan haykallarning aniq soni aytilmagan. Biroq, yong'in natijasida haykallarda yoriqlar paydo bo'lgan.
Ma'lumot uchun, Rapa-Nuida jami 386 ta moay mavjud bo'lib, ulardan 265 tasi vulqon tashqarisida va 121 tasi kraterning ichki yon bag'irlarida joylashgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling