Foto: CentralAsia
O'zbekiston o'rtacha "sof" ish haqi bo'yicha jahon reytingida 106 o'rindan 96-o'rinni egalladi. Ma'lumotlar "Numbeo" tominidan taqdim etilgan.
Ma'lum bo'lishicha, O'zbekistonda o'rtacha ish haqi 278,7 dollarni ( 3 million 39 ming so'm) tashkil etadi. Bu MDH davlatlari orasida eng past ko'rsatkichdir.

Foto: Numbeo
MDH davlatlari orasida, reytingga ko'ra eng yuqori maosh Rossiya (846 dollar) va Belorusda (481 dollar) qayd etilgan. Shu bilan birga, Qozog'iston bu reytingning 77-o'rnida bo'lib, o'rtacha oylik ish haqi 419 dollarni tashkil etadi.
Shuningdek, eng yuqori ish haqi Shveytsariya, Singapur va Avstraliyada, eng past ish haqi esa Shri-Lankada qayd etilgan.