Konstitutsiyaga 15 ta yangi modda va bitta yangi bob kiritilishi kutilmoqda

Hozirda bu boʻyicha navbatdagi muhokamalar boʻlib oʻtmoqda

Foto: Xabar.uz<br>

Foto: Xabar.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga 15 ta yangi modda va bitta yangi bob kiritilishi kutilmoqda. Bu haqda “Milliy tiklanish” partiyasi lideri Alisher Qodirov maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, ayni paytda Qonunchilik palatasida Konstitutsiyaga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishga oid hujjatning navbatdagi muhokamalari boʻlib oʻtmoqda.

Maʼlum qilinishicha, Konstitutsiyaning 76 ta moddasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar bilan birga, 15 ta yangi modda va 1 ta yangi bob kiritilmoqda. Loyihada fuqarolar tomonidan taqdim qilingan 160 mingga yaqin takliflardan ham keng foydalanilgan.

“Milliy tiklanish” va “OʻzLiDeP” partiya fraksiyalari qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yalpi majlisi muhokamasiga kiritish tashabbusini qoʻllab-quvvatladilar", – deydi Alisher Qodirov.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling