Foto: fb.com/k.allamjonov
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Qiroli Charlz Uchinchiga uning taxtga o‘tirishi munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi ma’lum qildi.
Maktubda O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi o‘zaro ishonch va yuksak hurmat ruhidagi keng qamrovli sheriklik kelgusida ham izchil rivojlanishiga ishonch bildirilgan.
Davlat rahbari qirolga mustahkam sihat-salomatlik, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat hamda g‘oyatda sharafli faoliyatida ulkan yutuqlar, do‘st Birlashgan Qirollik xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik, davomiy ravnaq tilagan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling