Jizzax viloyatida 63 yoshli ayol va uning ikki nevarasi is gazidan zaharlanib vafot etdi

Isitish moslamasidan sizib chiqqan is gazidan zaharlangan

Foto: Kun.uz<br>

Foto: Kun.uz

Jizzax viloyati Zarbdor tumanida 63 yoshli ayol va uning ikki nevarasi is gazidan zaxarlanib vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Repost.uz”ga maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, 15-noyabr kuni soat 08:30 larda Jizzax viloyati Zarbdor tumani, “Yangikent” mahallasida yashovchi 63 yoshli ayol va uning voyaga yetmagan 14 yoshli hamda 12 yoshli nabirasi yashash xonadonida qoʻl bola usulda tayyorlangan isitish moslamasidan sizib chiqqan is gazidan zaharlanib vafot etgani aniqlagan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Zarbdor tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling