Foto: xabaruz
Respublika maqsadli kitob jamg‘armasining Vasiylik kengashi darsliklar va mashq daftarlarining ijara to‘lovi miqdorlarini belgiladi.
O‘qituvchilar tomonidan maktab o‘quvchilarining ota-onalariga tegishli narx-navolar yuborilib, viloyat xalq ta’limi boshqarmalarining Telegram-kanallarida ham e’lon qilindi.
Foto: telegram
Darsliklar to‘plami uchun ijara to‘lovi miqdori respublika bo‘yicha bir xil.
2022-2023 o‘quv yili uchun uning narxi quyidagicha belgilandi:
- umumta’lim maktablarining birinchi sinf o‘quvchilari uchun - bepul;
- 2-sinflar uchun 18 dona darslik va ish daftarlaridan iborat to‘plam ijarasi narxi – 102 700 so‘m;
- 3-sinf uchun 18 ta darslik va ish daftarlaridan iborat to‘plam ijarasi narxi – 102 700 so‘m;
- 4-sinf uchun 12 ta darslik va ish daftarlaridan iborat to‘plam ijarasi narxi – 68 500 so‘m;
- 5-sinflar uchun 15 ta darslik va ish daftarlaridan iborat to‘plam ijarasi narxi – 85 600 so‘m;
- 6-sinf uchun 13 ta darslik va ish daftarlaridan iborat to‘plam ijarasi narxi – 74 200 so‘m;
- 7-sinf uchun 18 ta darslik va ish daftarlaridan iborat to‘plam ijarasi narxi – 102 700 so‘m;
- 8-sinf uchun 19 ta darslik va ish daftarlaridan iborat to‘plam ijarasi narxi – 108 400 so‘m;
- 9-sinf uchun 19 ta darslik va ish daftarlaridan iborat to‘plam ijarasi narxi – 108 400 so‘m;
- 10-sinf uchun 18 ta darslik va ish daftarlaridan iborat to‘plam ijarasi narxi – 102 700 so‘m;
- 11-sinf uchun 21 ta darslik va ish daftaridan iborat to‘plam ijarasi narxi 119 800 so‘m.