Falastinning G'azo sektorida yuz bergan kuchli yong'in oqibatida 21 kishi halok bo'ldi

Qurbonlarning yetti nafarini bolalar tashkil qildi

Foto: Xabar 24<br>

Foto: Xabar 24

17-noyabr kuni tunda Falastinning Gʻazo sektoridagi Jabaliya shahrida kuchli yongʻin yuz berdi. Bu haqda Euronews axborot agentligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, yongʻin Gʻazo sektorining shimolidagi aholi zich joylashgan Jabaliya qochqinlar lageridagi turar-joy binosida sodir boʻlgan. Mazkur hodisa oqibatida 21 kishi halok boʻlgan va yana bir necha kishi jabrlangan. Halok boʻlganlarning yetti nafarini bolalar tashkil qildi.

Voqea joyida bir qancha qutqaruv va oʻt oʻchirish brigadalari ishlamoqda. Yonayotgan binodan evakuatsiya qilingan jarohatlanganlar tibbiy yordam uchun Bayt Lahia shahriga olib ketilgan.

Yongʻin sabablari hozircha aniqlanmagan. Mahalliy hokimiyat binoda katta miqdorda yoqilgʻi zaxirasi mavjudligini inkor etmaydi. Falastin maʼmuriyati rahbari Mahmud Abbos voqeani milliy fojia deb atadi va juma kunini vafot etganlar xotirasiga motam kuni deb eʼlon qildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling