Foto: Westend61
Buyuk Britaniya qiroli Karl III Georgning toj kiyish marosimi yozning birinchi shanbasi, 2023-yil-3 iyun kuni Vestminster abbeyida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Britaniya rasmiylariga tayanib, “Bloomberg” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, marosim sanasi allaqachon aniqlangan, ammo bu davrda yana qaysi kunlar dam olish kuni deb e’lon qilinishi haqida munozaralar davom etmoqda.
Rasmiy ravishda, toj kiyish sanasi hali e’lon qilinmagan, chunki bunga Bukingem saroyi vakillari izoh berishdan bosh tortgan.
2023-yil iyun oyida Karl III 74 yoshga to‘ladi, undan avval hech bir Britaniya monarxi bunday keksa yoshda toj kiymagan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling