Foto: Videodan lavha
7-noyabr kuni Toshkent metropolitenining Chilonzor yoʻnalishi Sergeli yoʻlining 5-bekatida nosozlik yuz berdi. Oqibatda poyezdlar bir tomonlama harakatni amalga oshirdi. Bu haqda Toshkent metropoliteni matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 19:10 da “Chilonzor” yoʻnalishi Sergeli yoʻlining 5-bekatida poyezd harakat yoʻlida texnik nosozlik holati kuzatilgan. Buning natijasida bekatda boʻlgan 17-sonli harakat tarkibi harakatlana olmagan hamda ushbu yoʻlda yoʻlovchilar va harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida harakat vaqtinchalik toʻxtatilgan.
Ushbu vaqt oraligʻida “Buyuk Ipak yoʻli” hamda “Olmazor” bekatlari oraligʻida poyezdlar jadval asosida harakatlangan. “Olmazor” hamda Sergeli yoʻli 5-bekat oraligʻida ushbu nosozlik holati tuzatilgunga qadar bir tomonlama harakat amalga oshirilgan. Soat 19:37 da kuzatilgan nosozlik mutaxassislar tomonidan bartaraf etilgan va poyezdlar harakatlana boshlagan.
Bayonotga koʻra, hozirda barcha poyezdlar belgilangan jadval asosida harakatlanmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling