O'zbekiston BMTning “Elektron hukumat“ taraqqiyot indeksida 69-o'rinni egalladi

2020-yilga nisbatan O'zbekiston 18 pog'ona yuqorilagan

Foto: O'zA

Foto: O'zA

O‘zbekiston BMTning “Elektron hukumat” rivojlanish indeksi bo‘yicha 193 davlat orasida 69-o‘rinni egalladi, deb xabar bermoqda "O‘zA".

“Elektron hukumat” taraqqiyot indeksiga koʻra, O'zbekiston 2020-yilga nisbatan 18 pog'ona yuqorilagan. Bu haqda Toshkent shahridagi INHA universitetida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston va Koreyaning elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot boʻyicha hamkorligiga bagʻishlangan forumda aytib oʻtildi.

Anjumanda Koreya Respublikasi ilgʻor tajribasini hisobga olgan holda texnoparklar, innovatsion markazlarni rivojlantirish va samarali boshqarish yoʻnalishida sheriklikni kuchaytirish muhokama qilindi.

Shuningdek, inson kapitali IT-industriyani rivojlantirishning muhim omili ekanini hisobga olib, Oʻzbekiston va Koreya ixtisoslashtirilgan universitetlari oʻrtasida axborot texnologiyalari boʻyicha taʼlim sohasidagi hamkorlik yanada kengaytiriladi.

Tadbir doirasida sunʼiy intellekt va aqlli shahar yoʻnalishida ham hamkorlikni rivojlantirish, birinchi navbatda, ilgʻor tajribani oʻzlashtirish va birgalikda harakatlanish nuqtalarini aniqlash masalalari muhokama qilingan.

Elektron hukumat, raqamli iqtisodiyot va sunʼiy intellekt yoʻnalishlarida tajriba almashish dasturlari, malaka oshirish kurslari sonini koʻpaytirilishi ma'lum qilindi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling