Peterburgda muhojirlar o'rtasida yuz bergan janjalda O'zbekiston fuqarosi boshidan o'q yedi

U o‘rtacha og‘ir ahvolda kasalxonaga yetkazilgan

Foto: 78.ru

Foto: 78.ru

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Krasnoselskiy tumanida muhojirlar orasida kelib chiqqan nizo otishma bilan yakunlandi, deb xabar bermoqda “78.ru”.

“112” xizmatiga bir necha kishi mushtlashayotgani va o‘q ovozlari eshitilgani haqida xabar kelib tushgan.

Voqea joyida o‘qotar qurol bilan boshidan yaralangan 27 yoshli O‘zbekiston fuqarosi aniqlangan. U o‘rtacha og‘ir ahvolda kasalxonaga yetkazilgan.

Jinoyatni sodir etishda gumonlanib, uch kishi — Turkmaniston, Armaniston va O‘zbekiston fuqarolari qo‘lga olingan. Ayni paytda jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyadagi mehnat migrantlari ishtirokida sodir bo‘lgan mushtlashuv yuzasidan izoh berdi.

“Ushbu janjal oqibatida O‘zbekiston fuqarosi 1994-yilda tug‘ilgan fuqaro jarohat bilan shahar shifoxonasiga yotqizilgan. Hozirgi vaqtda uning holati yaxshi”, — deyiladi xabarda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling