Foto: The Jerusalem Post
Isroil va Falastinnig "Islomiy jihod" guruhi o'rtasidagi o't ochishni to'xtatish to'g'risidagi kelishuv 7-avgust kuni kuchga kirganidan bir necha daqiqa o'tib Isroil janubiga yana raketalar uchirildi.
Qayd etilishicha, 7-avgust kuni kechqurun G'azo yaqinidagi Isroil jamoalariga raketalar otilgan va u kuchga kirganidan atigi 8 daqiqa o'tib sulh bitimini buzgan.
Ayni paytda, Falastin "Islomiy jihod" Bosh kotibi Ziyod an-Naxali, agar davlat "Islomiy Jihod" asirlarini ozod qilish talablarini bajarmasa, Isroil bilan urushlar davom etishi haqida ogohlantirdi.
Ma'lumotlarga qaraganda, Naxali o't ochishni to'xtatish kelishuvi kuchga kirgandan keyin qilgan chiqishida, agar Isroil Misr vositachisi orqali kelishilgan bitimga amal qilmasa, ular yana jangovar harakatlarni davom ettirishini ta'kidlagan.
Foto: The Jerusalem Post
Harakat rahbarining aytishicha, Isroil ikki qo‘mondon – Xalil al-Avad va Bassam as-Saadiyni o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi evaziga qamoqdan ozod qilishga rozi bo‘lgan.
Shuningdek, u Isroil “o‘t ochishni to‘xtatishga qat’iy intilayotganini” ta’kidladi.
Sulh 5-avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:30 da kuchga kirgan, biroq tez orada G'azodan Isroil tomon raketa uchirilgani haqida xabarlar paydo bo'ldi.
Isroil tomini avvalroq, sulh "Islomiy jihod" tomonidan buzilsa, G'azo sektoriga javob zarbalari berilishi haqida ogohlantirgan edi.
“Agar otashkesim buzilgan boʻlsa, Isroil davlati kuch bilan javob qaytarish huquqini oʻzida saqlab qoladi”, dedi Isroil TIV vakili Lior Hayat.
Ma'lumot o'rnida, 6-avgust kuni Isroil armiyasi G'azo sektorida Falastinning "Islomiy jihod" guruhiga qarshi "Tong" operatsiyasini boshlagan edi. "Islomiy jihod" guruhi Isroil havo hujumi oqibatida qo'mondonlardan biri halok bo'lgan. Isroil harbiy qo'mondonligi operatsiya davomida yuklangan vazifalarning asosiy qismini bajarganini ma'lum qilgan.