Muxlislar Holandni robot deb o'ylab chempionatdan chetlashtirmoqchi

Ariza 100 ming tarafdorlar tomonidan qoʻllansa, Hukumat va Parlament uni muhokama qilish uchun yigʻiladi

Foto: Teamtalk

Foto: Teamtalk

Buyuk Britaniya va Birlashgan Qirollik Parlamentiga Erling Holandni APLdan chetlashtirish boʻyicha maxsus platformaga petitsiya joylashtirildi.

Norvegiyalik super yulduz “robotlik”da ayblanmoqda. Britaniyalik futbol fanatlari futbolga "robotlar" kirib kelishiga qarshi harakat boshladi. Uning bunday fantastik oʻyini mana shunday tarzda muxlislar tomonidan olqishlanmoqda. Ushbu ariza qariyb 400 mingdan ortiq qirollik fuqarolari tomonidan qoʻllab-quvvatlandi.

Foto: twitter

Foto: twitter

Biror arizaning koʻrib chiqilishi tarafdorlari 10 mingga yetganda Birlashgan Qirollik Hukumati va Parlamentiga ushbu arizaga javob berish masʼuliyati yuklanadi.

Agar ariza 100 ming tarafdorlar tomonidan qoʻllansa, Hukumat va Parlament uni muhokama qilish uchun yigʻiladi. Aftidan, ushbu petitsiya borasida Parlamentning qarori chiqadigan koʻrinadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling