Jizzaxda Nexia va yuk mashinasi o'rtasida sodir bo'lgan to'qnashuv oqibatida bir kishi halok bo'ldi

Nexia haydovchisi qalin qor va yoʻldagi muzlama sababli boshqaruvni yoʻqotgan

Foto: Videodan lavha

Foto: Videodan lavha

Jizzax viloyatida boshqaruvni yoʻqotgan Nexia hamda yuk mashinasi toʻqnashib ketdi. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, voqea 8-dekabr kuni soat 19:00 larda 4R-35 Jizzax-Gagarin avtomobil yoʻlining Sharof Rashidov tumani hududidan oʻtgan 25-kilometrida sodir boʻlgan.

Unga koʻra, mazkur yoʻl boʻylab harakatlanib ketayotgan Nexia haydovchisi qalin qor va yoʻldagi muzlama sababli boshqaruvni yoʻqotgan. Natijada mashina sirpanib ketib, qarama-qarshi yoʻnalishga chiqib ketgan. Shundan soʻng, u roʻparadan kelayotgan Kia Bongo yuk mashinasi bilan toʻqnashib ketgan.

Toʻqnashuv oqibatida Nexia mashinasining yoʻlovchisi ogʻir tan jarohatlari bilan hodisa joyida vafot etgan.

Maʼlum qilinishicha, 8-dekabr kuni YTH yuz bergan hududda qalin qor yogʻganiga qaramasdan hududiy yoʻl boʻlimi Jizzax-Gagarin avtomobil yoʻliga qum-tuz aralashmasini sepilmagan. Oqibatda odam oʻlimi bilan bogʻliq YTH sodir boʻlgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling