Foto: O'zbekisrton futbol assotsiasiyasi matbuot xizmati
Oʻzbekiston va Rossiya terma jamoalari oyida oʻrtoqlik uchrashuvini oʻtkazishi mumkin. Bu haqda Metaratings.ru xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, mamlakatlar soʻnggi bir necha oy davomida oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazish boʻyicha muzokaralar olib borgan va u maʼlum bir bosqichida boshi berk koʻchaga kirib qolgan. Maʼlum qilinishicha, hozirda tomonlar oʻzaro kelishuvga erishishga yaqin turibdi.
Tomonlar oʻzaro kelishuvga erishgan taqdirda oʻrtoqlik uchrashuvi noyabr oyida “Paxtakor” stadionida boʻlib oʻtadi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling