Foto: espn
“Real” yarim himoyachisi Toni Kroos Kazemironing “Manchester Yunayted”ga oʻtish qaroridan hayron qolganini aytdi.
“Bu qaror meni hayron qoldirdi. U nimadir yangilik qilmoqchi boʻldi. U 30 yoshda va ikki-uch yildan soʻng bunday imkoniyat boshqa boʻlmasligini biladi. U hozirda yangi qadam uchun juda ham yaxshi yoshda.
OAVda bu haqda koʻplab xabarlar tarqaldi. Boshida men buni umuman kutmadim va shunchaki mish-mishlar deb oʻyladim. Kazemironing ketishi men uchun syurpriz boʻldi. Chempionlar Ligasi oʻrniga Yevropa Ligasi — katta farq”, — deydi Kroos.
30 yoshli braziliyalik 2022-yilning avgustida “Real”dan “Manchester Yunayted”ga oʻtdi. U manchesterliklar bilan bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan 2026-yilga qadar shartnoma imzoladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling