Foto: The Wall Street Journal
AQSH Federal qidiruv byurosi xodimlari sobiq Prezident Donald Trampning Florida shtatidagi Mar-a-Lago mulkida tintuv o‘tkazish mobaynida 11 to‘plam maxfiy hujjatlarni musodara qildi.
Berilgan ma'lumotlarga ko'ra, mulkdan hujjatlar, fotosuratlar va eslatmalar solingan 20 ga yaqin quti olib chiqilgan.
Shuningdek, hujjatlar orasida Trampning sobiq maslahatchisi Rojer Stounni avf etish to'g'risidagi farmon hamda "Fransiya prezidenti" haqidagi ba'zi ma’lumotlar bor.
Qayd etilishicha, hammasi bo'lib 11 ta maxfiy hujjatlar to'plami olib qo'yilgan. Ular orasida faqat "maxsus davlat muassasalari"da saqlanishi mumkin bo'lgan "o'ta maxfiy" toifadagi materiallar ham bor.
Ma'lumot uchun, sobiq Prezident Donald Tramp joriy yilning 8-avgust kuni FQB agentlari uning Floridadagi qarorgohida tintuv o'tkazgani haqida xabar bergan edi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling