Videodan lavha
Repost.uz nashri O'zbekiston va dunyo bo'yicha eng qiziq sport xabarlarini qisqa va tushunarli ko'rinishda bir joyga jamladi.
Lineker oʻziga tegishli iborani yana oʻzgartirdi: “Futbolni 22 kishi oʻynaydi va Germaniya gʻalaba qozonadi. Agar guruhdan chiqsa”
Foto: Sportbox
Gari Lineker – futboldagi eng zoʻr iqtiboslardan biri muallifi: “22 kishi futbol oʻynaydi, nemislar gʻalaba qozonadi”.
Bu iqtibos tarixga kirgan. Asl nusxasi mana bunday: “Futbol – oddiy oʻyin. 90 daqiqa davomida 22 kishi toʻp ortidan yuguradi, yakunda Germaniya gʻalaba qozonadi”.
Lineker – 1986-yilgi Jahon chempionati toʻpurari, terma jamoada 48 ta gol urgan, hozir esa ekspert. U bu soʻzlarni 1990-yilgi Jahon chempionati yarim finalida Angliya Germaniyaga penaltilar seriyasiga koʻra magʻlub boʻlganidan keyin aytgan edi.
OAV yulduziga aylangan Lineker Germaniya bilan bogʻliq muhim voqea sodir boʻlishi bilan bu mavzu haqida doimo hazil qiladi.
Germaniya terma jamoasi 2022-yilgi Jahon chempionatida guruhdan chiqolmaganidan soʻng u Twitterʻda shunday deb yozdi: “Futbol – oddiy oʻyin. 22 kishi 90 daqiqa davomida toʻpni quvib yuradi, yakunda Germaniya gʻalaba qozonadi. Agar ular guruhdan chiqishga muvaffaq boʻlishsa”.
Ronaldu va Nadal Qatardagi restoranga sarmoya kiritdi
Foto: Tennis World
Krishtianu Ronaldu va Rafael Nadal birgalikda Qatardagi restoran ochilishida hissa qoʻshdi.
“Mundo Deportivo” xabariga koʻra, Krishtianu Ronaldu va Rafael Nadal "Tatel Group" bilan hamkorlikda Dohaning mashhur Al Maha hududidagi restoranga sarmoya kiritdi.
Qayd etilishicha, portugaliyalik hujumchi va “Ulkan toj”ning 22 karra gʻolibi tamaddixonaga katta miqdorda pul ajratgan.
"Tatel Group" Ispaniya, Amerika va Saudiya Arabistonida bir nechta restoranlarga ega. Boshqa sportchilar ham kompaniyaga sarmoya kiritishgan. Basketbolchilar Pau Gazol va Rudi Fernandes, shuningdek, qoʻshiqchi Enrike Iglesias shular jumlasidan.
Nodirbek Abdusattorovni koʻrib qolgan “birinchi raqamli shaxmatchi”
Hindistonda oʻtayotgan “TATA STEEL CHESS INDIA 2022” musobaqasining kechagi bahslarida birinchi raqamli shaxmatchi deya eʼtirof etilgan amerikalik Hikaru Nakamuraning oʻzbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorovni koʻrib qolgan paytidagi hissiyotlari aks etgan video tarqaldi.
Eslatib oʻtamiz, Nakamura 30-noyabr kuni Abdusattorovga yutqazib qoʻygan edi.
Meliqoʻziyev Golden Boy tomonidan “Yil nokauti”ga loyiq koʻrildi
Foto: Open source
Golden Boy promouterlik kompaniyasi bir nechta nominatsiyalarda yakunlanib borayotgan 2022-yilgi boks mavsumining eng yaxshilarini eʼlon qildi.
Eʼtiborga molik jihati shundaki, charm qoʻlqop ustasi Bektemir Meliqoʻziyev kompaniya tomonidan “Yil nokauti” nominatsiyasida gʻolib deb topildi.
Bektemir shu yil 20-mart tongida Amerikaning Los-Anjelesida oʻtkazilgan prof boks oqshomida perulik David Zegarrani ikkinchi raundda texnik nokautga uchratgan edi. Oʻshanda "BEK" raqibining jigariga kuchli zarba yoʻllab, 10 raundga moʻljallangan jangni muddatidan avval yakuniga yetkazgandi.
“Bektemir hamisha yorqin jang koʻrsatishga harakat qilgan. Biz undan 2023-yilda ilk chempionlik jangini kutib qolamiz. Bu Meliqoʻziyev uchun boshlanishi”, - deyiladi Golden Boy promouterlik kompaniyasi tabrigida.
Konor Makgregor Artem Lobovni uy hayvoniga qiyosladi
Foto: Open Source
Ikki vazn toifasida sobiq UFC kamari sohibi Konor Makgregor sobiq doʻsti Artyom Lobovni uy hayvonga qiyosladi.
“63 yoshli otam Artyomning advokatlaridan xat oladi. Esimda, sen menga va otamga kemiruvchilar va sudraluvchilarni uy hayvonlari sifatida qaraganingni aytgan eding. Kalamushlar va ilonlar senga oʻxshaydi, ular senga yaqin ekanini aytganing esimda. Eslay olasanmi? Sen haqiqiy ahmoqsan” - dedi Konor.
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan hafta Lobov "Proper No" viski brendi gʻoyasi muallifi ekanligini aytib, Makgregorni sudga bergandi. Avvalroq, Konor navbatdagi jangini sobiq doʻsti Artem Lobovga qarshi oʻtkazmoqchi ekanini aytgan edi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling