Foto: BBC
Buyuk Britaniya sobiq moliya vaziri Rishi Sunak mamlakat hukumatiga rahbarlik qiladi. Uning yagona raqibi Penni Mordont o‘z nomzodini qaytarib oldi.
Sunak konservator-deputatlar orasida yuzdan ortiq ovoz to‘plashga muvaffaq bo‘lgandi. Ammo Mordont 90 nafar deputatning qo‘llab-quvvatlashiga erisha oldi, xolos.
Saylovda ishtirok etish uchun yuzta ovoz to‘plash kerak bo‘ladi. Mordont yetarli darajada qo‘llab-quvvatlashga erishmagandan so‘ng, Sunak yagona nomzod sifatida Bosh vazir lavozimini egalladi.
Sunak kelib chiqishi osiyolik bo‘lgan Britaniyaning ilk Bosh vaziri hisoblanadi.
Eʼtiborlisi, u bundan yetti hafta oldin boshqa bir nomzod — Liz Trassga mag‘lub bo‘lgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling