Videodan lavha
Navoiyda viloyat hokimligi tomonidan issiqxona qurish uchun ajratilgan 2 gektar yerni 200 ming dollarga sotmoqchi boʻlganlar ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Navoiy viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi hamda Davlat xavfsizligi xizmati viloyat boshqarmasi tezkor xodimlari hamrohligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Maʼlumotlarga koʻra, uch nafar fuqaro broker yordamida 2 gektar yerni 200 ming dollarga sotmoqchi boʻlgan. Yer hokimlik tomonidan gumonlanuvchilardan birining o‘g‘li nomiga berilgan.
Shuningdek, ular xaridorning quruvchi tashkilot rahbari ekanini hisobga olgan holda mazkur yerdan naʼmunali uy-joylar qurishni rasmiylashtirishda yordam berishlari evaziga 20 ming dollar talab qilgan. Ular savdo kompleksi va xizmat koʻrsatish obyektida rahbar boʻlib ishlab kelgani maʼlum qilingan.
Shundan so‘ng huquq-tartibot idoralari xodimlari barcha gumonlanuvchilarni qo‘lga olgan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling