Repost.uz nashri Toshkentdagi mahalliy mashinalar narxi haqida maʼlumot olish uchun Sergeli avtomobil bozoriga bordi.
Chevrolet Spark

2017-18 yillarda ishlab chiqarilgan, 90 ming kilometr yurgan, mexanik uzatmali model 6 800 dollardan boshlanib, 7 900 dollargacha sotilmoqda. Sergeli avtomobil bozorida xuddi shunday koʻrsatkichga ega avtomatik uzatmali “Spark” 8 100 dollardan 10 100 dollargacha sotilmoqda.
Mexanika - 7 350 dollar (150 dollarga kam)
Avtomat- 9 100 dollar (200 dollarga oshgan).
Chevrolet Nexia-3

2017-19 yillarda ishlab chiqarilgan, yurgan masofasi 80 ming kilometrdan oshmaydigan, mexanik uzatmali “Nexia-3”ni avtomobil bozorida 8000 dollardan 9 400 dollargacha topish mumkin. Avtomatik uzatmali turining narxi 8 500 dollardan boshlanib, 10 500 dollargacha yetgan.
Mexanik - 8 700 dollar (150 dollarga oshgan)
Avtomat- 9 500 dollar (500 dollarga oshgan).
Chevrolet Cobalt

Bozorda 2018-19 yillarda chiqarilgan, mexanik uzatmali, 75 ming kilometr yoʻl bosgan avtomobil 8 000 dollardan 9 000 dollargacha sotilmoqda.
Mexanik - 8 500 dollar (100 dollargacha oshgan)
Avtomatik - 10 850 dollar (400 dollarga kam).
Chevrolet Gentra

Mexanik uzatmali, 75 ming kilometr yurgan, 2018-19 yillarda ishlab chiqarilgan “Gentra”ning narxi 9000 dan 10 300 dollargachani tashkil qiladi. Avtomatik uzatmali model uchun ular 11 000 dan 14 200 dollargacha soʻrashmoqda.
Mexanik - 9 650 dollar (100 dollarga oshgan)
Avtomat - 12 600 dollar (250 dollarga oshgan).
Chevrolet Damas

Bozorda yurgan masofasi 70 ming kilometrdan oshmaydigan, 2017-18 yillarda chiqarilgan “Damas” avtomobili 7 000 dollardan 8 200 dollargacha sotilmoqda.
Oʻrtacha narx - 7 600 dollar (150 dollarga oshgan).
Chevrolet Matiz

2013-14 yillarda ishlab chiqarilgan, 320 ming kilometrgacha yurgan “Matiz” narxi 3 000 dollardan 3 700 dollargacha turadi.
Oʻrtacha narx - 3 350 dollar (50 dollarga oshgan).