Foto: Yandex source
“Isteʼmol bozorlarida narxlar barqarorligini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga koʻra, ichki bozorda oziq-ovqat mahsulotlari narxi oshib ketishining oldini olishga qaratilgan qator choralar amal qilish muddati 2023-yil 1-yanvardan 2023-yil 1-iyulga qadar uzaytirildi.
Import bojxona bojining nol stavkalari belgilanadigan tovarlar roʻyxati bugʻdoy uni yoki bugʻdoy-javdar uni pozitsiyasi bilan toʻldirildi.


Shuningdek, farmonda keltirilgan tovarlarga (jumladan, baliq, yangi yoki quritilgan sitrus mevalari (limondan tashqari), margarin va boshqa) import bojxona bojining nol stavkasi qoʻllanish muddati ham 2023-yil 1-iyulgacha etib belgilanib, mazkur roʻyxatga bugʻdoy uni qo'shilgani aytilgan