“Repost Avto” tahririyati Toshkentdagi mahalliy avtomobillar narxlarini bilish maqsadida Sergeli mashina bozoriga bordi.
Chevrolet Spark

Foto: Repost Avto
2018-2019-yilda 100 000 mildan kamroq masofani bosib oʻtgan mexanik model 6 800 dan 7 700 dollargacha sotilmoqda. Xuddi shu rusumli avtomat mashina 7 800 dan 10 200 dollargacha sotiladi.
Mexanika - 7 250 dollar (150 dollarga kam)
Avtomat - 9000 dollar (250 dollarga kam).
Chevrolet Nexia-3

Foto: Repost Avto
2018-2019-yillarda chiqarilgan, yurgan masofasi 90 ming kmdan oshmaydigan mexanik “Nexia 3” 7800 dollardan 9 000 dollargacha, avtomat modeldagi “Nexia 3” esa 8 600 dollardan 10 900 dollargacha sotilmoqda.
Mexanika - 8 400 dollar (300 dollarga)
Avtomat - 9 750 dollar (narxlar oʻzgarmagan).
Chevrolet Cobalt

Foto: Repost Avto
2018-2019-yillarda ishlab chiqarilgan, mexanikasi boʻyicha 75 ming kmgacha masofani bosib oʻtgan “Cobalt” mashina bozorida 7 800 dollardan 8 800 dollargacha sotiladi. Agar avtomat mashina haqida gapiradigan boʻlsak, uning narxi 8 500 dollardan 11 400 dollargacha turadi.
Mexanika - 8 300 dollar (100 dollargacha)
Avtomat - 9 950 dollar (50 dollarga kam).
Chevrolet Gentra

Foto: Repost Avto
Ishlab chiqarilgan yili 2018-2019-yillar boʻlgan, 80 ming kmgacha yurgan “Gentra” mashinasining mexanika modeli 8 500 dollardan 9 900 dollargacha baholanmoqda. Xuddi shu rusumli mashinaning avtomat modeli esa bozorda 9 800 dollardan 13 000 dollargacha sotilmoqda.
Mexanika - 9 200 dollar (200 dollarga kam)
Avtomat - 11 400 dollar (150 dollarga).
Chevrolet Damas

Foto: Repost Avto
2017-2018 yilda ishlab chiqarilgan, yurgan masofasi 70 ming kilometrdan oshmaydigan ushbu avtomobilni Sergeli avtomobil bozorida 6 500 dollardan 7 800 dollargacha xarid qilish mumkin.
Oʻrtacha narx 7 150 dollarni tashkil etadi (100 dollarga kam).
Chevrolet Matiz

Foto: Repost Avto
2013-2014 yillarda ishlab chiqarilgan 330 ming km masofagacha yurgan “Matiz”ni Sergeli bozorida 3000 dollardan 3 300 dollargacha sotish mumkin.
Oʻrtacha narx 3 150 dollarni tashkil etadi (200 dollarga kam).