Foto: LiveJornal
Yaponiyada noyabr oyida isteʼmol narxlari 3,8 foizga oshdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, mazkur oʻsish 1991-yildan buyon eng yuqori koʻrsatgich boʻlgan. Maʼlumotlarga koʻra, narxlarning oʻsishi ketma-ket 15 oy natijalari bilan belgilanadi.
Mamlakatda oziq-ovqat mahsulotlari narxi 6,9 foizga, kiyim-kechak 2,7 foizga, yoqilgʻi, elektr energiyasi va suv taʼminoti 14,1 foizga, jumladan, elektr energiyasi 20,1 foizga, gaz 21 foizga qimmatlashgan. Transport va telekommunikatsiya xizmatlari narxi 1,6 foizga, taʼlim – 0,7 foizga oshgan.
Maʼlum qilinishicha, Yaponiyada isteʼmol narxlari noyabr oyida oʻtgan oyga nisbatan 0,3% ga oshgan. Oktyabr oyida koʻrsatkich 0,6 foizga oʻsgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling