Foto: getty images
Amerikaning DART (Double Asteroid Redirection Test) zondi Yerni potensial xavfli kosmik ob’ektlardan himoya qilishning birinchi turini sinab ko‘rish uchun “Dimorf” asteroidi bilan to‘qnashdi. Bu haqda AQSH Milliy Aeronavtika va kosmik ma’muriyati (NASA) xabar berdi.
DART zondining Yerga xavf tug‘dirmaydigan asteroid bilan to‘qnashuvi AQSHning Sharqiy qirg‘og‘i vaqti bilan soat 19:15 da sodir bo‘lgan. To‘qnashuv vaqtida zond soatiga 24 ming km tezlikda harakatlanayotgan bo'lgan.
Aeronavtika tashkilotining sayyoralarni tadqiq qilish bo‘limi boshlig‘i Lori Gleyzning aytishicha, muvaffaqiyatli tajriba “o‘zimizni xavfli asteroidlardan himoya qila oladigan yangi davrni ochadi”. NASA rahbari Bill Nelson, o‘z navbatida, ilmiy eksperiment natijalari “kelajakda sayyorani yaqinlashib kelayotgan asteroiddan qanday himoya qilishni tushunishga imkon berishini” ta’kidlagan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling