Foto: Qonunchilik palatasi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari “2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini koʻrib chiqishdi.
Majlisda bosh moliyaviy hujjat loyihasi muhokama qilinib, parlament vakillarining bergan savollariga Moliya vaziri Timur Ishmetov, tegishli vazirlik va idoralarning masʼullari atroflicha javob qaytardi.
Muhokamalar va savol-javoblardan soʻng qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi va Senatga yuboriladigan boʻldi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling