Foto: UzReport.news
Surxondaryo viloyatidagi avtomobillarga tabiiy gaz toʻldirish shoxobchalariga vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati
Qayd etilishicha, aholi va ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan taʼminlash maqsadida Surxondaryo viloyatida joylashgan avtomobillarga gaz qoʻyish kompressor shahobchalari (AGTKSH)ga yetkazib berilayotgan tabiiy gaz taʼminotini vaqtinchalik cheklash boʻyicha reja-jadval tasdiqlangan.
Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati
Rejaga koʻra, belgilangan AGTKSH juft kunlarida soat 7-00dan 15-00 ga qadar, ayrimlari esa toq kunlarida soat 7-00dan 15-00ga qadar tabiiy gaz bilan taʼminlanishi belgilangan.
Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati
“Hurmatli isteʼmolchilar, amaliyotga joriy etilayotgan choralar vaqtinchalik boʻlib, munosib shart-sharoit paydo boʻlishi bilan barcha AGTKSH odatdagi ish tartibiga qaytadi”, — deyiladi hokimlik xabarida.
Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati