Bozordagi "inomarka" narxlari qanday?

Ushbu materialda Toshkent bozoridagi mashinalar narxi, hafta davomida ularning qanday o'zgargani haqida bilib olishingiz mumkin

Foto: Repost Avto

Foto: Repost Avto

O‘zbekistonda har yili xorijiy avtomobillar soni ortib bormoqda. Bu xorijda ishlab chiqarilgan avtomobillarga qiziqishi ortib borayotganidan dalolat beradi. Shu bilan birgalikda bunday mashinalarni Sergeli avtomobil bozoridan topish mumkin.

1987-yil ishlab chiqarilgan Honda Accord

Foto: Repost Avto
Foto: Repost Avto
Foto: Repost Avto
Foto: Repost Avto
Foto: Repost Avto
Foto: Repost Avto

Ushbu mashina 35 yoshda bo'lishiga qaramay hali ham harakatda. Uning bosgan yo'li yoshiga nisbatan ancha yaxshi. Yapon avtomobilining dvigatel hajmi ikki litrni tashkil qiladi va u 99 ot kuchiga ega.

Mashina 10 soniyadan kamroq vaqt ichida 100 km/soat tezlikka erishadi, maksimal tezligi esa 170 km/soat. Mashina sotuvchisi ushbu avtomashina uchun atigi 3 500 dollar so‘ramoqda.

Hyundai Creta 2021-yil

Foto: Repost Avto
Foto: Repost Avto
Foto: Repost Avto
Foto: Repost Avto
Foto: Repost Avto
Foto: Repost Avto

Bu mashina O‘zbekistonda juda mashhur. Yo'llarda ushbu modelning ko'plab namunalarini uchratish mumkin. Mashina yaxshi holatda, 33 ming 400 kilometr yo'l bosgan.

Creta 146 ot kuchiga ega ikki litrli dvigatelga ega. Maksimal tezlik 183 km/soat, 100 km/soat tezlikka erishish uchun 10 soniya kerak bo'ladi. Mashina egasi o'zining krossoveri uchun 21 500 dollar so'ramoqda.

Toyota Camry-55 2017-yil

Foto: Repost Avto
Foto: Repost Avto
Foto: Repost Avto
Foto: Repost Avto
Foto: Repost Avto
Foto: Repost Avto

Qozog'iston va Rossiyada Chevrolet Gentra kabi obro'ga ega bo'lgan ushbu avtomobil qolganlariga qaraganda ancha mashhurroq. Mashina yaxshi holatda, uning bosgan yo'li 55 ming kilometr.

Ushbu Camry 178 ot kuchiga ega 2,5 litrli dvigatel bilan jihozlangan. Yuz tezlikka 11 soniyagacha erishadi. Maksimal tezlik 210 km/soat, narxi esa 32 000 dollarni tashkil qiladi.

Volkswagen JOYEAR X5 2021-yil

Foto: Repost Avto
Foto: Repost Avto
Foto: Repost Avto
Foto: Repost Avto
Foto: Repost Avto
Foto: Repost Avto

Mashina Volkswagen va Xitoyning DongFeng firmasi hamkorligi mahsuli sanaladi. Avtomobil juda qiziqarli ko'rinishga ega va yaxshi holatda saqlangan. Bundan tashqari, mashina yaxshi narxga ham ega, yurgan masofasi 14 ming kilometr. 

Nemislarning xitoylar bilan kombinatsiyasi 150 ot kuchiga ega bir yarim litrli dvigatel bilan jihozlangan. Joyear 100 km/soat tezlikka 12,6 soniyada erishadi, uning maksimal tezligi 160 km/soat. Avtomobilning narxi 32 000 dollar.

Kia Seltos 2021-yil

Foto: Repost Avto
Foto: Repost Avto
Foto: Repost Avto
Foto: Repost Avto
Foto: Repost Avto
Foto: Repost Avto

Avtomobil to'liq jihozlangan va mukammal holatda. bosib o'tgan masofasi esa - 16 ming 800 kilometr.

U149 otga ega ikki litrli dvigatelga ega. Maksimal tezlik 190 km/soat, yuz tezlikka erishish uchun esa 9,6 soniya talab qilinadi. Mashinaning narxi 32 000 dollar.

Skoda Kodiaq 2021-yil

Foto: Repost Avto
Foto: Repost Avto
Foto: Repost Avto
Foto: Repost Avto
Foto: Repost Avto
Foto: Repost Avto

Kodiaq haqiqatan ham ajoyib holatda. Uning yurgan masofasi 32 ming kilometrni tashkil qiladi.

Chexiya avtomobili 150 ot kuchiga ega 1,4 litrli dvigatel bilan jihozlangan. Kodiaq'ning maksimal tezligi 195 km/soat va 100 km/soat tezlikka 9,4 soniyada erishadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling