Foto: UzA
Ohangaron shahrida Toshkentda yashovchi 3 nafar shaxs firibgarlik yoʻli bilan mahalliy tadbirkorning 300 ming AQSH dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Bu haqda DXX xabar berdi.
Aniqlanishicha, ular tadbirkorning ishonchiga kirib, Ohangaron tumanida joylashgan “Angren” erkin iqtisodiy zonasi hududidan 16 gektar yer maydonini mansabdor tanishlari orqali u rahbarlik qilayotgan masʼuliyati cheklangan jamiyat nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 1 mln 400 ming dollar talab qilishgan va 300 ming dollarni oldindan berishi kerakligini aytishgan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi va 28,211-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling